AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligi safarga yo`l olgan, haj amallarini bajarayotganlarni koronavirus yuqtirishdan ogohlantirdi

'Sog`liqni saqlash vazirligi safarga yo`l olgan, haj amallarini bajarayotganlarni  koronavirus yuqtirishdan ogohlantirdi'ning rasmi

           Safarga yo`l olgan, haj va umra amallarini bajarayotganlar uchun eslatma:

·        Spirtli nam salfetkalar yordamida qo`llaringizni tez-tez artib turing, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning yoki qo`llaringizni sovun bilan yuving.

·        Shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan yaqindan muloqot va aloqa qilishdan chekining.

·    Yuzingizni qo`l bilan ko`p ushlamang. 

·        Yo`talganda va burningizni qoqqaningizda og`zingiz bilan burningizga salfetka tuting. Undan keyin salfetkani darhol axlatga tashlang va qo`lingizni yuving. 

·        Betobligingizni sezsangiz, Siz bilan safarga chiqqan guruh a`zolaringizga bu haqda xabar bering va imkon bo`lishi bilan shifokorga murojaat qiling. 

·        Faqat yaxshilab pishirilgan (qaynatilgan yoki qovurilgan) ovqatni iste`mol qiling. 

·        Jamoat joylarida tupurmang. 

·        Kasal uy hayvonlari bilan, jumladan, safarlarda yaqin aloqadan yiroq bo`ling. 

·        Safaringizdan oldin Sizda shamollash yoki gripp (o`tkir respirator kasallik) alomatlari kuzatilsa, safarni bekor qiling va zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

·        Doim og`iz va burun niqoblaridan foydalanishni va yashash uyingizni toza havo bilan shamollatishni unutmang.

    Boshqa yangiliklar