AsosiyJamiyat

Endi maktab bitiruvchilariga haydovchilik guvohnomalari beriladi

'Endi maktab bitiruvchilariga haydovchilik guvohnomalari beriladi'ning rasmi

Joriy yilning 1 apreliga qadar umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quv dasturiga majburiy tartibda yo`l harakatlari qoidalari bo`yicha mashg`ulotlarni kiritish va amaliy mashg`ulotlar o`tish (10-11-sinfda) shuningdek, yo`l harakatlari qoidalari bo`yicha imtihon o`tkazish va natijalari bo`yicha sertifikat berilishi mumkin. Maktabni tugatgan va imtihondan o`tgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasi berish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Bu haqda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan, deb yozadi Xuman.uz.

Ijro uchun Vazirlar Mahkamasi, Xalq ta`limi, Ichki ishlar, Moliya vazirliklari mas`ul tashkilotlar sifatida qayd etilgan.

Boshqa yangiliklar