AsosiyJamiyat

Zafar Hoshimovning yuziga loy surtishyaptimi? Yoxud “Korzinka.uz”dagi nayranglar

'Zafar Hoshimovning yuziga loy surtishyaptimi? Yoxud “Korzinka.uz”dagi nayranglar'ning rasmi

platforma.uz kanalida O`zbekistonning taniqli ishbilarmonlaridan bir Zafar Hoshimov va unga tegishli bo`lgan savdo majmuasi xususida munosabat bildirildi

Zafar Hoshimov — “Korzinka.uz” magazinlar tarmog`i rahbarini ijtimoiy tarmoqlar va televidenie kanallaridagi chiqishlari orqali taniyman. Juda sipo, ilmli ko`rinadi menga. Ochig`i, zo`r biznesmen.

O`zingiz e`tibor qiling, agar Toshkentda 4 ta mashhur so`z bo`lsa, ulardan bittasi “Korzinka”dir. Qolaversa, oldingi, birorta tadbirkor sog` chiqa olmagan qattiqqo`l tizimdan “butun” chiqqaniyam uning uddaburonligini ko`rsatadi. 

Lekin tizimdagi ba`zi qing`irliklar Hoshimovning misqollab yiqqan obro`sini bir pasda sovurishi mumkin. Mana, bugun men “Korzinka.uz”ning Chilonzordagi do`koniga kirib, ajib holatga tushdim. 

Rastada 14 ming 290 so`m deb ko`rsatilgan mayonez uchun kassada hisobchi mendan 19 ming 590 so`m urib oldi. Odat bo`lgani uchun kassadan chiqish paytida qo`limga tutqazilgan chekdagi narxlarga ko`z yugurtirdim. Undagi mayonez narxi rastadagi bilan besh ming so`m atrofida farq qilardi. 

Xullas, eshik oldidagi mas`ulga bu haqda aytdim, u “zavzal”ni chaqirdi, “zavzal” aybi borligini bilib, yana bir xodimni chaqirdi. Xullas, rastadagi narx bilan kassadagi narx o`rtasidagi farqqa «yanglishmovchilik» deya umumiy javob berdi xolos. 

Men bu erdan birgina mayonez oldim, do`konda esa minglab mahsulot bor. “Korzinka.uz” barcha mahsulot narxida shunday adashaversa, kim yutadi, kimning huquqi poymol bo`ladi. Albatta, bu osmon uzilib erga tushadigan masala emas, Qolaversa, Zafar akaning asabi buzilishiga ham arzimas. Lekin men yuqorida aytganimday u odamni hurmat qilaman, nomiga dog` tushmasin deyman. Bu xuddi odamning yuziga loy surtishdek gap...

 

    Boshqa yangiliklar