AsosiyJamiyat

Inxa Universiteti Transport vazirligi bilan hamkorlik qiladi

'Inxa Universiteti Transport vazirligi bilan hamkorlik qiladi'ning rasmi

Bugun, 11 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti va Toshkent shahridagi Inxa Universiteti o`rtasida o`zaro hamkorlik qilish bo`yicha Memorandum imzolash yuzasidan muzokara bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Muzokarada masofaviy ta`limni rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni birga amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirishda xorij tajribasidan foydalanib hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inxa Universitetining o`quv labarotoriyalari bilan tanishib, kelajakda birgalikda hamkorlik olib borishga kelishildi.

 

    Boshqa yangiliklar