AsosiyJinoyat

Samarqandda giyohvandlik vositalari bog`liq 2 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda giyohvandlik vositalari bog`liq 2 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

2020 yilning 4 fevral kuni taxminan soat 15:33 larda, Samarqand shahar Rudakiy ko`chasida joylashgan dorixonaning egasi 19 yoshli O`.B. vazni 0,8 gr. bo`lgan 10 ta konvalyutadagi jami 100 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 150.000 so`m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va O`.B.ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e`lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

2020 yilning5 fevral kuni soat 19:00 larda, Samarqand shahar “8 mart” ko`chasida joylashgan dorixonaning egasi 21 yoshli B.O`. vazni 0,4 gramm bo`lgan 50 dona “kodeks” nomli dori-vositasini 75.000 so`m evaziga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va B.O`. ga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e`lon qilingan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar