O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida “Umid” jamg`armasi orqali xorijda tahsil olib kelgan yana bir mutaxassis o`z faoliyatini boshladi.
Laziz Chorievich Xo`jaqulov Xalq ta`limi vazirligining Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishni muvofiqlashtirish bo`limi boshlig`i lavozimida ish faoliyatini boshladi.
Shu bilan birga, Laziz Xo`jaqulov Buxoro viloyati xalq ta`limi tizimini rivojlantirish, ta`lim sifatini oshirish va “Buxoro tajribasini” boshqa hududlarga tatbiq etish bo`yicha ishlarni olib boradi.
Laziz Chorievich Xo`jaqulov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavrini tamomlagan va Buyuk Britaniyaning Manchester universitetida magistr unvonini olgan.
Gresiyaning Saloniki shahrida Alexander Technological Educational Institution of Thessaloniki falsafa doktori (PhD) izlanuvchisi bo`lgan.
Ish faoliyati davomida “O`zbekinvest” MEISK, Buxoro davlat universiteti, Hyundai Engineering Co., Ltd va KT Corporation ishlagan.