Axborot texnologiyalari bo`yicha mutaxassis Alisher Tadjiyev O`zbekiston milliy axborot agentligiga o`ziga xos murojaat bilan chiqdi.
«Assalomu alaykum hurmatli O`zbekiston Milliy Axborot Agentligi!
Men ko`p yillik tajribamga tayanib Sizlarning saytingizni yanada takomillashtirib, davlatimiz byudjetiga 5,4 milliard so`mlik foyda keltirmoqchiman.
Saytingizni qilib berishda O`zbekistondagi eng yuqori malakaga ega bo`lgan kompaniyalarda ishlaydigan do`stlarim(senior`lar) ham ko`maklashadi.
Faqat bir iltimos bor, shu ajratilgan summani barchasini homiylik asosida kontrakt pulini to`lashga qiynalgan talabalarga ajrasangiz.
Biz jamoamiz bilan tayyormiz!», — deb yozgan dasturchi.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha O`zA axborot portali yaratish va unga zarur texnikalarni sotib olish uchun 5,4 milliard so`m ajratilishi ko`zda tutilgan Vazirlar Mahkamasi farmoyishini muhokamaga qo`ygan edi.
P.S. Ayrim mutaxassislarning fikriga ko`ra O`zA nazarda tutayotgan axborot portalini yaratish 100-150 million so`mga tushadi", — deyilgan taklifda.






