AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibining ovozi deb aytilgan audio yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibining ovozi deb aytilgan audio yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi M.Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalar yuzasidan tergov oldi tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.  

Mazkur holat yuzasidan bir qator tergov harakatlari olib borilishi lozimligini hisobga olingan holda Jinoyat kodeksining 139 va 140-moddalari bilan jinoyat ishi ko`zg`atildi.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Andijon viloyati IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar