AsosiyJinoyat

Boyovutda qimorxona tashkil etganlarning faoliyatiga chek qo`yildi

'Boyovutda qimorxona tashkil etganlarning  faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar Boyovut tumanidagi eski traktor parki binosida qonunga xilof ravishda qimor  va tavakkalchilikka asoslangan xo`roz urishtirish o`yinini tashkil etishib, ushbu o`yinga fuqarolarni jalb qilgan holda o`yinga kirish uchun har bir kishidan ma`lum miqdorda pul yig`ib olishib, qimorxona tashkil etishganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot kotibi "Darakchi.uz"ga ma`lum qildi. 

Shuningdek, M.M.ning turmush o`rtog`i M.Sh. nomiga berilgan faoliyat turi sifatida “Milliy o`yinlar tashkillashtirish” deb ko`rsatilgan guvohnoma, aslida “Tashkilotlar uchun qishloq xo`jaligi mahsulotlari tayyorlash xizmati” uchun berilgan bo`lib, M.M. tomonidan qimorxona tashkil qilish maqsadida soxtalashtirilganligi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Milliy qonunchiligimizga ko`ra qimor va boshqa tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish Jinoyat kodeksining 278-moddasida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.

    Boshqa yangiliklar