Xiaomi kompaniyasi Twitterda bergan bayonotida aytilishicha, Xiaomi Mi 10 smartfonining rasmiy taqdimoti Mobile World Congress (MWC 2020 ) ko`rgazmasi bekor qilingani uchun to`xtatilgan.
Mobile World Congress ko`rgazmasi esa xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli bekor qilindi. Shu sababli Mi 10 smartfonlari lineykasining 23 fevralga mo`ljallangan global taqdimoti noma`lum muddatgacha bekor qilindi.
Xiaomining aniqlik kiritishicha, mijozlar, hamkorlar va OAV vakillarining xavfsizligi barchasidan muhim. Mi 10 va Mi 10 Pro ning global taqdimotining navbatdagi sanasi keyinroq ma`lum qilinadi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq koronavirus insonlarga smartfon orqali ham yuqishi mumkinligi ma`lum qilingan edi, deya yozdi O`zA.