G`ijduvon tumanida yashovchi fuqaro G`.T 2020 yil 03 fevral kuni Buxoro shahar IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda 31 yanvar kuni soat 19:55 larda noma`lum shaxs “Yoshlik” sport majmuasi oldida turgan o`ziga tegishli “Lasetti” rusumli 80 R 717 EA davlat raqam belgili avtomashinasining eshiklari ochiq qolganligidan foydalanib, avtomashina salonidan 2.000.000 so`m va 800 AQSh dollari pullarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganligini bildirgan edi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan ayol L.R, Andijon tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan S.S va Andijon shahrida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan B.G`.lar sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.