AsosiyJamiyat

Surxondaryolik GAIlar "Radar”ni istagan joyiga qo`yib ishlashmoqdami?

'Surxondaryolik GAIlar "Radar”ni istagan joyiga qo`yib ishlashmoqdami?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati, Denov tumanida hamon Gailar radarni radar belgisi qo`ymasdan istagan joyiga qo`yib ishlashmoqda” sarlavhasi ostidagi videotasvir tarqalgan edi.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, mazkur holat o`rganilganda, joriy yilning 11 fevral kuni Surxondaryo viloyati YPX inspektori B.Sayfullaev belgilangan dislokasiya asosida Denov tumani "G`alaba" SFIU hududida  “Radar” moslamasi bilan xizmat olib borganligi aniqlangan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvir aynan ushbu hududda olingan. Videotasvirga olgan shaxs tezlikni aniqlovchi “Radar”ni ko`rib, moslamadan oldinda o`rnatilgan yo`l belgisini ko`rmagan yoki ko`rmaganga olgan. Ya`ni, ushbu hududda 5.43 “Radar” yo`l belgisi mavjud ekanligi ma`lum bo`ldi.  

 

    Boshqa yangiliklar