“Hududgaz Andijon” MChJ Matbuot xizmati viloyatdagi iste`molchilarga suyultirilgan gazni etkazib berish uchun mo`ljallangan mavjud 67 ta avtotransport vositalari nazorat tarozilari bilan to`liq ta`minlani haqida xabar bermoqda.
- “Viloyatdagi mavjud “Asaka”, “Shahrixon”, “Qo`rg`ontepa” gaz to`ldirish shahobchalari va “Shirin” gaz to`ldirish stansiyasi ham shu kabi tarozilar bilan ta`minlandi, maqsadimiz har bir chilangar gaz to`ldirish shahobchasida o`zi olayotgan maishiy gaz ballonini ham nazoratdan o`tkazish imkoniyatiga ega bo`lsin. Bunday tarozilar viloyatimizdagi mavjud 4 ta xizmat ko`rsatish punktlariga ham o`rnatildi”, - deydi Jamiyatning suyultirilgan gaz ta`minoti bo`yicha direktori Ilhomjon Mo`ydinov.
Endi hududdagi har bir iste`molchi, o`zi olayotgan maishiy gaz ballonini almashtirish vaqtida tortib olish imkoniyati ga ega bo`ldi.
Jamiyat Matbuot xizmati tomonidan iste`molchilar o`z huquqlarini anglagan holda suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda, suyultirilgan gazni belgilangan sifatda va hajmda etkazib berilishini talab qilishlari, gaz miqdorini nazorat tarozilarda o`lchab ko`rishlari, belgilangan miqdorda bo`lmagan suyultirilgan gazni olmasdan rad etishlarini so`ramoqda.
Gaz ballonlariga suyultirilgan gaz belgilangan miqdordan kam quyilganligi yoki shu kabi holatlar bilan bog`liq qonunbuzarlik holatlari kuzatilsa, “Hududgaz Andijon” MChJning (74) 227-61-99, (74) 227-60-83, (74) 227-60-46 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz so`raladi.