AsosiyJamiyat

G`uzorlik oila to`rt o`g`ildan keyin tug`ilgan 3 nafar egizagiga ism qo`ydi

'G`uzorlik oila to`rt o`g`ildan keyin tug`ilgan 3 nafar egizagiga ism qo`ydi'ning rasmi

Sal avval xabar berganimizdek, 2020 yil 6 fevral kuni Qashqadaryo viloyati G`uzor tumani, Sho`rtan qo`rg`onida yashovchi Muhammad Kanagatov va N.Azizova oilasida 4 nafar o`g`il farzanddan keyin yana 3 nafar egizak tug`ildi.

Hozirgina “darakchi.uz” bilan bog`langan egizaklarning otasi Muhammad aka farzandlariga ism berganini ma`lum qildi.

Oila trendga aylangan — davlat rahbari oilasi bilan bog`liq ismlarni qo`yishmadi. Egizaklarga Abdulloh, Abdulbosit va Muslimaxon deb ism qo`yishdi.

Chaqaloqlardan biri hozirda jonlantirish bo`limida bo`lganligi bois, ularning birgalikdagi suratlarini tushirishning iloji bo`lmayapti. Biz uchun ham ayni paytda ularning suratidan ko`ra, salomatligidir. 

(surat internetdan olindi)

    Boshqa yangiliklar