O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M. Abdullaevdan murojaat kelib tushdi.
Unga ko`ra u 21 million so`mga motosikl xarid qilgani, ammo nosozligi bois qaytarib olib borib bersa, sotuvchi olmaganidan shikoyat qilgan.
Fuqaro murojaati yuzasidan O`zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida” gi Qonuni hamda Federasiyaning Nizomiga muvofiq tegishli tartibda o`rganish o`tkazilib, fuqaro murojaati to`liq qanoatlantirilib, motosikl uchun to`lagan 21 million so`m puli fuqaroga qayta hisob-kitob qilinib, Federasiya aralashuvi bilan olib berildi.