AsosiyJamiyat

O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan buxorolik ayol jazolandi

'O`zini payg`ambar deb e`lon qilgan buxorolik ayol jazolandi'ning rasmi

Payg`ambarlik da`vo qilgan  buxorolik ayolga bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayin qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasining 13 fevral sonida xabar qilindi, deb yozmoqda Aniq.uz.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo`ynav qishlog`ida yashovchi ayol o`zini payg`ambar deb e`lon qildi. Ismi oshkor etilmagan ayol o`ziga vahiy kelayotgani va g`ayb xabarlari asosida “Tuhfa” deb atalgan kitob tartib qilayotganini iddao qilgan.

Qayd etilishicha, soxta da`vo bilan chiqqan ayol “Tuhfa” kitobida Muhammad alayhissalom oxirgi payg`ambar ekani va Qur`oni karim ilohiy kitob ekanini rad etgan.

Ayol Buxoro davlat universitetini bitirgan qizini ham ushbu ishga jalb etgan.

Ma`lum qilinishicha, jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallar tayyorlash va tarqatish jinoyatini sodir etishda ayblangan ayolga sud 1 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan. Jinoyat ishiga doir boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.

Boshqa yangiliklar