AsosiyJinoyat

O`zbekiston davlat san`at muzeyida XIX-XX asrlarga tegishli so`zana soxtasiga almashtirilgani aniqlandi

'O`zbekiston davlat san`at muzeyida XIX-XX asrlarga tegishli so`zana soxtasiga almashtirilgani aniqlandi'ning rasmi

XIX-XX asrlarga tegishli ushbu eksponatning aslligi to`g`risida 2014 yil Madaniyat vazirligi tomonidan inventarizasiya o`tkazish jarayonida san`at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan, deyiladi Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining Darakchi.uzga bergan xabarida.

Tuzilgan dalolatnoma asosida O`zbekiston davlat san`at muzeyining o`sha davrdagi Bosh muhofizi M.Usmonov tomonidan tarixiy eksponat soxtasiga almashtirilgani aniqlangan. So`zananing asliga mos kelmasligi to`g`risida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.

Bu ishlar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida hukm chiqarilgan. Bosh muhofizga 9 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

Hozirda tarixiy eksponatni xorijdan qaytarish (restetusiya) choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar