AsosiyJinoyat

"Lasetti" olib beraman deb, 10.000 dollarni "eb ketdi"

'"Lasetti" olib beraman deb, 10.000 dollarni "eb ketdi"'ning rasmi

Sergeli tumani prokuratura organlaridan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2018 yil 2-avgust kuni 34 yoshli Doniyor A. tanishi 37 yoshli Maqsuda U.ga “Lasetti” rusumli avtomobil xarid qilishda yordam berishini va`da qilgan. Shu bahona u ayoldan 10.000 AQSh dollari olgan va va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. 

Ushbu fakt asosida  unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Olmazor tumani prokuratura organlaridan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2018 yil aprel oyida 50 yoshli Doniyor M. 54 yoshli Olimbek N.ga uni Janubiy Koreyaga ishga jo`natishini va`da qilgan. O`z “xizmatlari” uchun u 4.200 AQSh dollari olgan, ammo, va`dasida turmasdan, pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar