AsosiyJamiyat

Namanganda davlat erini pullamoqchi bo`lgan shaxsning qilmishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi

'Namanganda davlat erini pullamoqchi bo`lgan shaxsning qilmishi yuzasidan rasmiy bayonot berildi'ning rasmi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati shu yil 19 fevral kuni Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro Namangan viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgani haqida xabar bergandi. 

Unda keltirilishicha, fuqaro Namangan shahrida yashovchi tanishi bilan tadbirkorlik qilish uchun er maydoni qidirib To`raqo`rg`on tumaniga borgan vaqtida A. Ismli shaxs o`zini tuman Kadastr bo`limida ishlashini aytib, uni fermer xo`jalik raxbari “R” ismli shaxs bilan tanishtiradi. Fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan er maydonidan 80 sotixini 25.000 AQSh dollariga sotishlarini, kadastr xujjatlarini tayyorlash uchun 4.000 AQSh dollari ketishini aytib, 80 sotix er maydoni uchun ja`mi 29.000 AQSh dollari so`rashganini bildirib, ushbu shaxslarning harakatlari qonuniyligini tekshirib berishni so`ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida A. va R. ismli shaxslar fuqaro va uning sherigidan 16.500 AQSh dollarini pora berishga dalolat qilib, firibgarlik  yo`li bilan olgan vaqtlarida ushlanib, holislar ishtirokida 16.500 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Turakurgon tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 24 fevral kuni O`z.R JKning 168-moddasi 3-qismi va 25,211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati To`raqo`rg`on tuman "Ermulkkadastr" filiali rahbari rasmiy Bayonot berdi. Bu haqda darakchi.uz saytiga O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati bo`yicha maslahatchisi Ne`mat Atamuratov xabar qildi...

Elyorbek Mansurov, Namangan viloyati To`raqo`rg`on tuman "Ermulkkadastr" filiali rahbari: 

— darakchi.uz saytida "Namanganda o`zini Kadastr xodimi deb tanishtirgan shaxs davlat erini 29 ming AQSh dollariga sotayotganida qo`lga tushdi" nomli maqolasi e`lon qilingan edi.  

O`zini tuman Kadastr bo`limida ishlashini aytgan A. Ismli shaxs tuman kadastr filialida ishlamagan, hozirda ham ishlamaydi. Bugungi kunda barcha filial hodimlari o`z ish o`rnida faoliyat olib bormoqda.

Ushbu holat bo`yicha kadastr hodimlarining hech qanday aloqasi yo`qligi aniqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar