Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Z.N. va Sh.S.lar oldindan til biriktirib, fuqaro M.R.dan Qirg`iziston Respublikasining “Nauchno-issledovatelskiy mediko-sosialny institut” nomli oliygohida ta`lim olayotgan tanishi M.S.ning o`qishini o`zlari ta`lim olayotgan institutga ko`chirish masalasini hal qilib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan mazkur holat yuzasidan Z.N. va Sh.S.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






