Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 yilda tug`ilgan A.Yu. ismli ayol Qo`shrabot tumani "Mingtepa" mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan A.J.ni Tailandga yuborish va undan foxishalikka jalb qilishda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






