AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda qo`shnilarning o`zaro janjali og`ir oqibatlar bilan tugadi

'Qoraqalpog`istonda qo`shnilarning o`zaro janjali og`ir oqibatlar bilan tugadi'ning rasmi

2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 11:00 larda Beruniy tumanidagi “Tinchlik” ovulida 28 yoshli G.B. va uning qaynonasi 56 yoshli G.Sh. qo`shnisi 36 yoshli X.D. bilan o`zaro bir-birlarini haqorat qilishi oqibatida janjallashib qoldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Janjal vaqtida, X.D.ning eri 39 yoshli I.S. xotinini yonini olish maqsadida, qo`shnisi G.B.ning bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati etkazgan, natijada G.B. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar