AsosiyJinoyat

Yana jinoyat, yana o`sha ta`qiqlangan dorilar...

'Yana jinoyat, yana o`sha ta`qiqlangan dorilar...'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligi rasmiy sahifasida joylashtirilgan xabarda keltirilishicha, 20 fevral kuni Rishton tumani IIB va DXX Rishton tuman bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Qo`qon shahrida yashovchi 29 yoshli N.N. va 42 yoshli M.B.lar Rishton tumani "Qalaynov" MFY hududida maxsus xaridorga 4 000 000 so`m va 400 AQSh dollari evaziga jami 1 400 dona “Tramadol lannacher 50mg” tabletkalariga o`xshash tabletkalarini sotishgan vaqtida, ashyoviy dalil bilan ushlanishgan.

Ekspertiza xulosasida rasmiylashtirib olingan ushbu 1 400 dona tabletkalarni sof vazni 70 gramm “Tramadol lannacher 50mg” tabletkalari ekanligi aniqlangan. Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan N.N. va M.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyait ishi qo`zg`atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar