O`zbekiston koronavirus sababli 1 martdan Janubiy Koreya aviakompaniyalarining O`zbekistonga parvozini vaqtincha to`xtatadi.
“O`zbekiston havo yo`llari” samolyotlari esa 5 martga qadar amaldagi reyslar, shuningdek, charter reyslar orqali O`zbekiston fuqarolarini Koreyadan qaytarish maqsadida parvozlarni davom ettiradi.
Janubiy Koreyadan qaytayotgan yo`lovchilar 14 kunlik karantinga olinishi rejalashtirilmoqda.