Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yilning 1 martidan boshlab Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi hamda O`zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Tokio va Rimga bo`lgan ikkala yo`nalishdagi qatnovlarining vaqtincha to`xtatilishi haqida xabar bermoqda.
Xabarda shuningdek, O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o`tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o`tkazilayotganligi haqida eslatib o`tilgan.
Kecha koronavirus sababli 1 martdan Janubiy Koreyaga reyslar to`xtatilgani haqida xabar bergandik.