AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirus qurbonlari 42 nafarga ko`paydi. Jami halok bo`lganlar 2912 nafarga etdi...

'Xitoyda koronavirus qurbonlari 42 nafarga ko`paydi. Jami halok bo`lganlar 2912 nafarga etdi...'ning rasmi

Xitoyda COVID-19 koronavirusidan vafot etganlar soni 2912 kishiga etdi. Umuman epidemiya tarqalgandan buyon mamlakatda 80 026 ta infeksiya holati qayd etilgan, deb xabar bermoqda internet manbalarga tayanib  rosbalt.ru sayti.

So`nggi kunda  XXRda 42 kishi halok bo`ldi va ularni barchasi Xubey provinsiyasida yashaydi. Xitoyda yana 202 ta virusdan zararlanish holati tasdiqlandi, ulardan 196 tasi Xubeyda istiqomat qiladigan fuqarolardir.

Hozirgi kunda 32,6 ming kishi tibbiy muassasalarda bo`lib, 7 mingdan ko`prog`ining ahvoli og`ir. 44 mingdan ortiq odam tuzalgani aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar