Jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar sudining 2013 yil
11 oktyabrdagi hukmiga ko`ra, 2010 yil iyul oyidan 2012 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyat IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`limi boshlig`i lavozimda ishlagan A.T. Xatirchi tumani, “A.Navoiy” fermerlar uyushmasi hududidagi S.A.ga tegishli xonadonda X.A. rahbarligidagi jinoiy guruh doimiy ravishda noqonuniy yo`llar bilan tarkibida oltin zarralari bo`lgan tog` jinslarini qo`lbola usulda qayta ishlash va oltin ajratib olish yo`li bilan noqonuniy daromad olishda ifodalangan jinoiy faoliyatini bila turib, ularning faoliyatiga to`sqinlik qilmagan. Evaziga 2011 yil aprelda X.A.dan tamagirlik yo`li bilan S.Sh. orqali 500 AQSh dollarini hamda 2011 yil avgustda X.A.dan 300 AQSh dollarini pora tariqasida olganlikda aybli deb topilgan.
3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Mazkur ish 2020 yil 10 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko`rib chiqilib, ish bo`yicha pora predmeti bo`lmagani va aniqlanib olinmagan. A.T.ning pora olganligi ish holatlari bilan tasdiqlanmagani va uning JKning 210-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan pora olish jinoyatini sodir etganligi sud majlisida o`z isbotini topmaganligi sababli, JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan A.T. aybsiz deb topilib, oqlandi.
Z.QURBONOV, jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro viloyat sudi sudyasi