AsosiyDunyo

Salkam 100 yoshli ayol koronavirusni engdi

'Salkam 100 yoshli ayol koronavirusni engdi'ning rasmi

Uxanda (Xitoy) koronavirusga chalingan 98 yoshli ayol davolanib, kasalxonani tark etdi. Bu haqda Xitoyning«Sinxua» axborot agentligi xabar berdi. 

Bu ayol COVID-19ni enggan dunyodagi keksa inson ekanligi qayd etiladi xabarda..

Mazkur keksa ayol kasalxonaga keltirilganida ahvoli juda og`ir, isitmasi baland edi. Shu kuni u bilan birga koronavirusni yuqtirgan 55 yoshli qizi ham shifoxonaga keltirilgan.

Har ikki ayol virusga qarshi dori-darmonlarni qabul qilib, maxsus muolaja kurslarini o`tashganidan so`ng o`zlarini yaxshi his qilishgan. Ko`p o`tmay 98 yoshli ayolga uyiga javob berilgan.

Shifokorlarning ta`kidlashlaricha, kishi to`liq tuzalib ketdimi yoki virus hali tirikmi — aniqlash ancha qiyin, chunki bemorlar holati yaxshilanganidan keyin olingan birinchi tahlillar ijobiy natija beradi. Ularning umumiy holati keyin ham kuzatib boriladi.

Ma`lumot uchun ayni paytda dunyoning ko`pchilik mamlakatlariga tarqalib ulshgurgan yangi turdagi koronavirus ilk bor 2019 yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida aniqlangandi. Uning ko`rsichqonlardan tarqalgani, gigiena qoidalariga amal qilinmaydigan muhitda tez yuqishi aytilmoqda.

Boshqa yangiliklar