AsosiyJinoyat

Hazoraspda hujjatlarni tayyorlab bermoqchi bo`lgan kadastr xodimi ushlangani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi

'Hazoraspda hujjatlarni tayyorlab bermoqchi bo`lgan kadastr xodimi ushlangani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Darakchi.uz saytida  "Hazoraspda hujjatlarni tayyorlab bermoqchi bo`lgan kadastr xodimi ushlandi" sarlavhali maqola e`lon qilingandi. Ushbu voqea yuzasida Davergeodezkadastr qo`mitasi tomonidan munosabat bildirildi.  

Xususan Xorazm viloyat er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonaning Xazorasp tuman filiali ishlab chiqarish bo`limi turar joylarni inventarizasiya qilish va baholash mutaxassisi Bog`bek Matyoqubov haqida quyidagilarni ma`lum qildi.

"Mazkur shaxs 2015 yil yil 4 dekabrdan hozirgi kungacha Xorazm viloyat er tuzish va ko`chmas mulk kadastri davlat korxonasi Xazorasp tuman filiali ishlab chiqarish bo`limi turar joylarni inventarizasiya kilish va baholash mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Matyoqubov Bog`bek Ismoilovich o`z xizmat vazifasiga zid ravishda Vazirlar Mahkamasining 461-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq rad qilingan qurilishga, egalik huquqi belgilab berishda yordam qilaman, deb fuqarodan 1000 AQSh dollari miqdorida pora olishda qo`lga olingan va O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda tergov, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar