1

Farg`onada YPX xodimini nohaq ayblagan fuqaro 10 sutkaga qamaldi (Video)

Jamiyat 04.03.2020, 15:13
Teglar: Video
Farg`onada YPX xodimini nohaq ayblagan fuqaro 10 sutkaga qamaldi (Video)

Bugun jamiyat rivojlanmoqda. Xalqimizning huquqiy ongi va madaniyati oshyapti, o`z haq-huquqini tanishga ulguryapti. Ammo haqini talab qilgan inson majburiyatini ham his qilishi kerak emasmi? 

Joriy yilning 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda farg`onalik YPX  xodimining fuqaro bilan janjallashib ketgani, sababi esa YPX xodimining radar belgisi bor joyda xizmat olib bormaganligi ovoza qilindi. Odamlar mazkur xabarga o`zlari bilgancha izoh qoldirishdi, lekin ularning orasida ayrimlari ichki ishlar organlari sha`niga yaxshi so`zlar aytishmadi. Yuqorida aytganimizdek, bu o`zini zo`r bilib, o`zgani er bilgan bir insonning qilmishi oqibatidir. YPX inspektori, Farg`ona viloyat IIB YHXB tomonidan tasdiqlangandislokasiya asosida Farg`ona viloyati, Oltiariq tumani hududidan o`tgan Farg`ona xalqa avtomobil yo`lida mobil komplektlar o`rnatilgan "Neksiya-3" rusumli xizmat avtomashinasida xizmat olib borayotgan edi.

 Yo`lovchi fuqaro esa uyali aloqa vositasi orqali YHXB xodimini videotasvirga olib, radar borligini bildiruvchi yo`l belgisi yo`qligini bahona qilib, xodimning o`z xizmat burchini bajarishiga qarshilik qilgan. Vaholanki, o`sha hududda tezlikni cheklovchi, radar borligini bildiruvchi belgilar o`rnatilgan edi. Haydovchi mazkur holatda YPX xodimini ayblab, voqea aks videoni telegram kanaliga joylashtirgan. Fuqaroning YPX xodimi bilan tortishuvi yuzasidan to`plangan hujjatlar Oltiariq tuman sayyor sudidi ko`rib chiqildi. Mazkur haydovchi O`z.R.MJtK ning 195-moddasi bilan aybdor, deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1