Rossiyada yana olti kishi koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda operativ shtab ma`lumotlariga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
Aniqlangan bemorlarning 6 nafari Moskvada, 1 nafari Nijniy Novgorodda qayd etilgan. Bemorlarning barchasi Italiyada bo`lib qaytgan. Vrachlarning aytishicha bemorlarning ahvoli og`ir emas.
Avvalroq Rossiyada 7 kishi koronavirus yuqtirgani aniqlangandi: ikki xitoylik (ular tuzalib, 12 fevral kuni javob berilgan); «Diamond Princess» kruiz kemasidagi 3 rossiyalik, 1 Italiyadan qaytgan Rossiya fuqarosi va bir italiyalik fuqaro shular tarkibida.






