1

O`zbekiston “Huquq ustuvorligi” Indeksida MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o`zgarishni qayd etdi

Jamiyat 12.03.2020, 20:18
Teglar: huquq,
O`zbekiston “Huquq ustuvorligi” Indeksida MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o`zgarishni qayd etdi

“World Justice Project” xalqaro nohukumat tashkilotining 2019 yil yakunlari bo`yicha 2020 yil uchun Huquq ustuvorligi indeksi e`lon qilindi. O`zbekiston bu reytingda MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o`zgarishni qayd etgan mamlakat deb topildi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ta`kidlash joizki, mazkur indeksning qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda. Xususan, 2018 yilda 119 mamlakat qamrab olingan bo`lsa, 2019 yilda 126 mamlakat, 2020 yilda esa 128 mamlakat baholandi.

Joriy yilgi Indeksda O`zbekiston Respublikasi maksimal 1 balldan 0,47 ball to`plagan va 128 ta davlat ichida 92-o`rinni egallagan va o`tgan yilgi indeksdan 4 pog`ona yuqori natijani ko`rsatgan. Ta`kidlash joizki, joriy yilda O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ijobiy o`zgarishni qayd etdi.

Mazkur indeks Indeks 8 ta indikatorni qamrab oladi va unda O`zbekistonga quyidagi ballar berilgan:

  • hukumat vakolatlarini cheklash – 0,33;
  • korrupsiyadan holilik darajasi – 0,40;
  • hukumatning ochiqligi – 0,33;
  • fundamental huquqlar – 0,41;
  • tartibot va xavfsizlik – 0,90;
  • qonunlarga rioya qilish – 0,44;
  • fuqaroviy huquq sohasida odil sudlov – 0,51;
  • jinoiy huquq sohasida odil sudlov – 0,44.

Mazkur indikatorlar doirasida jami 44 ta subindikatorni o`z ichiga oladi (ilova qilinadi).

O`zbekistonning ko`rsatkichlari Indeksning 3 ta indikatori bo`yicha, ya`ni hukumat ochiqligi komponenti bo`yicha 0,31 dan 0,33 ballga, korrupsiyadan holilik darajasi bo`yicha 0,38 dan 0,40 ballga, fundamental huquqlar komponenti bo`yicha 0,39 dan 0,41 ballga oshgan.

Joriy yilda eng yuqori o`sish ko`rsatkichlari quyidagi yo`nalishlarda kuzatildi:

  • fundamental huquqlarning ta`minlanganligi indikatorining “shaxsiy hayotga o`zboshimchalik bilan aralashmaslik” subindikatori bo`yicha 0,28 ball (o`tgan yili 0,20 ball);
  • hukumat vakolatlarini cheklash indikatorining “hukumat vakolatlarining mustaqil tekshiruvlar doirasida samarali cheklanishi” subindikatori bo`yicha 0,37 ball (0,31 ball);
  • hukumatning ochiqligi indikatorining “shikoyat berish mexanizmi” subindikatori bo`yicha 0,51 ball (0,46 ball), “axborot olish huquqi” subindikatori bo`yicha 0,29 ball (0,25 ball);
  • korrupsiyadan holilik darajasi indikatorining “qonun chiqaruvchi hokimiyatning korrupsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo`yicha 0,46 ball (0,41 ball) “sud hokimiyatning korrupsiyadan holilik darajasi” subindikatori bo`yicha 0,44 ball (0,40 ball);
  • jinoiy odil sudlov indikatorining “jinoiy odil sudlovning diskriminasiyadan holiligi” subindikatori bo`yicha 0,38 ball (0,34 ball).

O`zbekiston Respublikasida so`nggi yillarda davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash, xalq bilan muloqot qilish mexanizmlarining takomillashtirish, davlatning statistika siyosatining holisligini ta`minlash yuzasidan ko`rilgan choralar, jadal sur`atlarda amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi kurash bo`yicha davlat dasturlari, Oliy Majlis palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitalarining tashkil etilganligi, har bir davlat tashkilotida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha ichki dasturlarning ishlab chiqilayotganligi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning keng ishtirokini ta`minlash mexanizmlarining takomillashtirib borilayotgani, fuqarolarning shaxsiy daxlsizligini ta`minlash, sud-tergov faoliyatida prosessual me`yorlarga rioya etilishi, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibining takomillashtirilishi, so`z va fikr bildirish imkoniyatlari kengayishi, vijdon erkinligining ta`minlanishi borasidagi islohotlarni mazkur natijalarga turtki bo`lgan omil sifatida keltirib o`tish mumkin.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub negizida inson huquq va manfaatlarini ro`yobga chiqarishdek aniq maqsad qo`yilganligi hamda mazkur yo`nalishdagi islohotlar izchil davom ettirilayotganligi, eng muhimi ularning natijasi Huquq ustuvorligi indeksini tuzish doirasida o`tkaziladigan respondentlar va ekspertlar ishtirokidagi so`rovlar natijasida aks etib borishi bilan kelgusi yillardagi Indekslarda ham O`zbekistonning o`rni yaxshilanib borishiga ishonamiz.

O`z navbatida Adliya vazirligi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida fuqarolarga va xalqaro hamjamiyatga xolis ma`lumotlarni etkazish bo`yicha izchil sa`y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda va bu yo`nalishdagi ishlar davom ettiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1