To`ti Yusupovaning oilasida to`y. Yoshlar suratga olish maydonida tanishishgan

Shou-biznes 13.03.2020, 15:35
To`ti Yusupovaning oilasida to`y. Yoshlar suratga olish maydonida tanishishgan

 Ikkinchi jahon urushi haqidagi «Ilhaq» filmda bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Husan Rashidov va Xurshida Soatova turmush qurmoqda. Bu haqda rejissyor instagramdagi sahifasida xabar berdi.

Jahongir Ahmedov, "Ilhaq" filmi rejissyori:

— "Ilhaq" filmida asosiy rollarni deyarli 80 foiz yangi chehralar, yangi iste`dodlar ijro etishmoqda. Zulfiya ayaning to`rtinchi o`g`li Vahobjon va uning rafiqasi Rohatoy obrazlarini gavdalantirayotgan aktyor va aktrisa ham shular jumlasidan.

Husan Rashidov va Xurshida Soatova. Har ikkisini ham kinosinovlar maydonida tanidim, bildim, ilk bor birga ishladik. Fotosinovlardan so`ng videosinovlar, bahs-munozalardan keyin bosh rol ijrochilari tasdiqlandi. Ular ham tanlanganlar orasida edilar.

Uch oylik tayyorgarlik ishlari, har bir aktyor bilan alohida ssenariy, keyinchalik rollari ustida ishlay boshlaganimizda ularni yaqinroq bila boshladim. Husan asli rejissyorlik bo`limini tugatganligini, Xurshida xalqimizning sevimli san`atkori To`ti Yusupovaning nabirasi ekanini ham kechroq eshitdim.

Suratga olish ishlari boshlangach, aynan mana shu juftlik ochig`i kaminani qiynashni boshladi. Sababi har ikkisi ham hali uylanmagan, turmush qurmagan, bir-biriga hatto yaqin kelgisi kelmasdi. Albatta buning orqasidan baqir-chaqirlar, suratga olish ishlari ma`lum muddatga to`xtagan vaqtlar ham bo`ldi. Qattiq talablar ostida ular o`z rollarini sekin-sekin anglab bora boshlashdi. Vaqt o`tib shunchalik kirishib ketishdiki nafaqat men, balki butun ijodiy guruhimizni erkatoyiga aylanishdi. Mana bugun meni ular o`z nikoh to`ylariga taklif qilib kelishdi. Baxtli bo`lishsin. "Ilhaq" filmida yaralgan muhabbatlari umrboqiy bo`lsin. Mendan ko`p so`rashadi, suratga olish ishlari qanday o`tdi deb. Mening javobim shu — biz bu filmda muhabbat bilan ishladik.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1