AsosiyMadaniyat

Munisa Rizaevani tovlamachilikda ayblashdi

'Munisa Rizaevani tovlamachilikda ayblashdi'ning rasmi

Munisa Rizaeva o`z instagramdagi sahifasida videomurojaat joylashtirdi. Unda xonanda muxlislari uni tovlamachilikda ayblashayotganligini aytmoqda. Bu haqda honandaning intagram sahifasiga ilova qilib Aniq.uz xabar berdi.

Xonanda va uning adminstratori tayyorlagan murojaatda aytilishicha, joriy yilning 8 mart sanasida Moskva shahrida Munisaning yakkaxon konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi. Ammo texnik sabablarga ko`ra, konsert keyingi kunlarga qoldirildi. Aynan shu holat muxlislar bilan xonanda o`rtasida tushunmovchilik kelib chiqishiga sabab bo`lgan.

Xonanda adminstratori konsert kuni ma`lum bo`lgach, bu haqda reklama qilinganligi, ammo konsert bo`lib o`tishi uchun hech kimdan hech qanday pul mablag`ini olmaganliklari, xonandani nohaq ayblayotganliklari, konsert uchun pul to`lagan har bir muxlisga 12 mart kunidan boshlab pullari qaytarilishini ma`lum qilgan. 

Munisa o`zi ham konsert tashkilotchilari oldida jabrlanuvchi bo`lib qolayotgani, uni tovlamachilikda asossiz ayblashayotganini aytmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar