Dunyo bo`ylab tarqalgan koronavirus epidemiyasi va qator davlatlar kiritayotgan cheklovlar, xorijga chiqishga talabning tushib ketganligi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2020 yil mart-aprel oylariga rejalashtirilgan qator reyslariga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Uzbekistan Airways quyidagi parvozlari o`zgardi:
1. London — HY201/202 reysi vaqtincha 2020 yilning 14 martidan apreligacha bekor bo`ldi;
2. Parij — HY251/252 reysi 2020 yilning 14 martidan apreligacha bekor qilindi;
3. Amritsar —HY421/422, HY441/442, HY443/444 reyslari 2020 yilning 18 martidan apreligacha bekor bo`ldi;
4. Dehli —HY425/426 reysi 2020 yilning 20 martidan apreligacha faqat chorshanbadan payshanbaga o`tar kechasi va yakshanbadan dushanbaga o`tar kechasi amalga oshiriladi;
—HY421/422 va HY423/424 reyslari 2020 yilning 20 martidan apreligacha bekor qilindi;
5. Mumbay —HY427/428 reysi 2020 yilning 20 martidan apreligacha bekor qilindi;
6. Jakarta — HY541/542 reysi 2020 yilning 25 martidan apreligacha bekor qilindi;
7. Kuala-Lumpur — HY553/554 reysi bekor qilindi;
— HY551/552 reysi 2020 yilning 25 martidan bekor qilindi,
— HY551/552 reysi 2020 yilning 1-20 aprel kunlari faqat chorshanba kunlari amalga oshiriladi;
8. Bangkok — HY531/532 reysi mart oyida faqat 16, 19 va 26 mart kunlari amalga oshiriladi;
—HY533/534 reysi mart oyida faqat 18, 21 va 28 martda amalga oshiriladi;
— HY531/532 reysi aprel oyida bekor qilindi;
—HY533/534 reysi aprel oyida faqat chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi;
9. Tel-Aviv —HY303/304 reysi 2020 yilning 14 martidan apreligacha bekor qilindi;
—HY301/302 reysi mart oyida faqat 19 va 26 mart kunlari parvoz qiladi,
—HY301/302 reysi aprel oyida bekor bo`ldi;
Sayohatga chiqishni rejalashtirish va O`zbekistonga qaytishda aviachiptada ko`rsatilgan parvozlarning amalga oshirilishi haqidagi axborotga e`tibor berish, shuningdek, qoidalar va cheklovlar hamda karantin shartlari bilan tanishish so`ralgan.
Buning uchun uzairways.com sayti yoki kompaniyaning +998781400200 telefon raqamiga qo`ng`iroq qilib bilish mumkin.
Shuningdek, yuqorida sanalgan yo`nalishlarda bekor qilingan reyslar bo`yicha yo`lovchilarga aviachiptalarni boshqa sanalarga qayta bron qildirish hamda qaytarish qo`shimcha to`lov va jarimalarsiz amalga oshirilishi bildirilgan.