AsosiyJamiyat

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgan

'Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol bilan birga 48 yo`lovchi Parijdan uchib kelgan'ning rasmi

 

Koronavirus bilan kasallangani O`zbekistonda aniqlangan ilk bemor — ayol kishi, Toshkent shahridan. «Daryo» manbasining ma`lum qilishicha, u Fransiyada bir haftadan ortiq bo`lib, so`ng Vatanga qaytgan.

Manba ayolning aynan qachon O`zbekistonga kelganiga aniqlik kiritmadi. Flightradar24 ma`lumotiga ko`ra, Uzbekistan Airways Parijdan Toshkentga so`nggi ikki reysni 10 va 13 mart kunlari amalga oshirgan.

Koronavirusga chalingan ayol qaytgan reysda, birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, 48 yo`lovchi, shuningdek, ekipaj a`zolari bo`lgan. «Ularning barchasi izolyasiyaga olinmoqda», — dedi manba.

    Boshqa yangiliklar