AsosiyJamiyat

Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklanadi

'Koronavirus sababli O`zbekistonda barcha diniy marosimlar vaqtincha cheklanadi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun 15 mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida OAV vakillari va blogerlar uchun brifing o`tkazildi. Unda O`zbekistondagi ommaviy tadbirlarni bekor qilish, ta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalarini yopilishi ma`lum qilindi. Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.

⚡️Barcha ommaviy tadbirlar, shu jumladan, Navro`z tadbirlari bekor qilindi.

⚡️O`zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O`zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi O`zbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

⚡️Hukumat barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o`tkazishni vaqtincha cheklash bo`yicha murojaat qiladi.

⚡️Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko`radi. Bunga osh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo`mitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar etarli darajada g`amlangan.

Boshqa yangiliklar