AsosiyJamiyat

Ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi

'Ta`til paytida telekanallarda o`quv dasturlari​ yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

2020 yilning 16 mart kunidan O`zbekiston Respublikasidagi barcha umumta`lim maktablari o`quvchilari uchun ta`til e`lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qaror 15 mart kuni O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta`lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, maktablarda ta`til qilinishi ta`lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash hamda o`quvchi va o`qituvchilarning sog`lig`ini himoyalash maqsadida e`lon qilinmoqda.

Shu bilan birga, o`quvchilar ta`til paytida bilim olishlari uchun O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallar bilan birga o`quv dasturlarida rejalashtirilgan dars mashg`ulotlarini televizion efirga uzatish uchun videodarslar tasvirga olinadi hamda efir vaqtlari ajratadi.

Televizion videodars mashg`ulotlarini tayyorlash va uni tasvirga olish bo`yicha soha xodimlaridan iborat tashkiliy-ijodiy guruh tuziladi.

Videodarslar Xalq ta`limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi kanallar va rasmiy veb-saytlarida, elektron axborot portallari (onlain maktab) orqali ham namoyish etib boriladi.

Shuningdek, komissiyaning topshirig`iga ko`ra maktablarda tozalik va dezinfeksiya tadbirlari kuchaytiriladi, ta`lim muassasalaridagi tibbiyot xonalarini zaruriy tibbiy asbob-uskunalar, zararsizlantiruvchi vositalar hamda dori-darmonlar bilan ta`minlanadi.

Boshqa yangiliklar