AsosiyJamiyat

Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgan

'Koronavirus aniqlangan o`zbekistonlik ayol shifokor bo`lgan'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus tashxisi qo`yilgan ilk bemor ayol kishi, oliy toifali shifokor ekanligi aytilmoqda. U 11 mart kuni «Parij-Toshkent» reysida uchgan.

Manbalar xabar berishicha, u bilan birga uchgan 48 yo`lovchi hamda ekipajning 9 a`zosi ayni vaqtda tibbiy kuzatuvga olingan. Yo`lovchilarning 24 nafari tranzit yo`lovchilar bo`lgan, jumladan, Fransiyaning 4 nafar, Italiya va Braziliyaning bir nafardan fuqarosi ushbu reysda uchgan.

Qayd etilishicha, bemor ayol bilan muloqotda bo`lgan to`qqiz nafar oila a`zosi darhol izolyasiyaga olingan. Undan tashqari, shu reysda kelib, O`zbekistonda qolgan yo`lovchilarning bari aniqlanib, ular ham izolyasiyaga olingan. «Umumiy 150 kishi karantinda saqlanmoqda», — deya ma`lum qilindi brifingda.

Boshqa yangiliklar