AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura: Karantin va cheklovlarni buzganlar va bemor bilan muloqot qilganini yashirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

'Bosh prokuratura: Karantin va cheklovlarni buzganlar va bemor bilan muloqot qilganini yashirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Dunyo hamjamiyatida koronavirus kasalligi bo`yicha vaziyat murakkabligicha qolmoqda.  

Shu munosabat bilan Respublikamizda ham ba`zi karantin va cheklov tabdirlari o`tkazilmoqda.  

Karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o`chog`iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo`lganlik haqidagi ma`lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib o`tmoqchimiz, deb bayonot berdi Bosh prokuratura.

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo`llash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy Javobgarlik to`g`risidagi kodeksining Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo`yicha — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o`n baravaridan o`n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`lishi ko`rsatilgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

 

Boshqa yangiliklar