O`zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko`rilayotgan choralar bo`yicha aholini to`g`ri, xolis va aniq ma`lumotlardan tezkor xabardor qilish maqsadida Koronavirus info (@koronavirusinfouz) rasmiy kanali ochildi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xabar qildi.
Ushbu kanal O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O`zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilindi.
"Barcha OAV jurnalistlari va blogerlarni ushbu kanalni birinchi manba sifatida foydalanilishi hamda unda tarqatilayotgan xabar va yangiliklarni keng yoritib borishda hamkorlikka chaqiramiz", deyiladi AOKA xabarida.