Qozog`istonda 2018 yilda tug`ilgan qizaloqda koronavirus aniqlandi. Bu ma`lumot onlayn-brifing chog`ida mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassisi Dias Axmetsharip tomonidan aytib o`tildi. Mazkur xabar RIA novosti saytida e`lon qilingan.
Bemor qizcha Olmaotaga Berlin reysi bilan Minsk orqali o`z yaqinlari hamrohligida uchib kelgan. Ayni paytda qizcha yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani aytilmoqda.
Qozog`istonda qayd etilgan yangi ikki holatda esa virusdan zararlangan erkaklar Moskva shahridan uchib kelgani ma`lum bo`ldi.
Avvalroq Qozog`istonda – bir kecha-kunduzda virusdan zararlanganlar soni 10-13 kishiga etgani ma`lum qilingandi.