1

1,4 milliard so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Jinoyat 19.03.2020, 12:31
1,4 milliard so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

Respublikamiz bojxonachilari sifati kafolatlanmagan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilmagan tamaki mahsulotlarining yashirin yo`llar bilan olib kirilishiga doir yirik holatni fosh qilishdi.

Davlat bojxona qo`mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi maxsus otryadlari bilan hamkorlikda poytaxtimizda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam qo`shni davlatlardan noqonuniy ravishda olib kirilgan tamaki mahsulotlarining yashirin saqlanayotgan ombori fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum bo`lishicha, Mirobod tumanida joylashgan mazkur xonadonga tamaki mahsulotlari kichik-kichik turkumlarda “Neksiya” avtotransport vositasida keltirib turilgan. Bu jarayonda shubha uyg`otmaslik uchun avtomashinaga aslida unga umuman tegishli bo`lmagan davlat raqami taqilgani ham aniqlangan. 

Tezkor tadbir davomida xonadonda 8 turdagi 58 ming 884 quti sigaretlar saqlanayotganligi aniqlandi. Aksiz markalari bilan qadoqlanmagan mazkur tamaki mahsulotlarining umumiy qiymati 1 mlrd. 400 mln. so`mni tashkil qilmoqda. 

Hozirgi kunda bojxona organlari tomonidan jinoiy guruhning qolgan a`zolarini hamda aylanma yo`llar orqali olib kirilgan tamaki mahsulotlari etkazib berilgan boshqa manzillarni aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1