Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirus sabab vafot etganlarning tanalari koronavirusning tashuvchisi bo`la olmasligini ma`lum qildi. Ammo marhumlarni dafn qilish jarayonida odamlarning bo`lmasiligini yoki ularning minimal darajada bo`lishi kerakligini tavsiya etdi.
“Tana koronavirus infeksiyasining tashuvchisi bo`la olmaydi“, deydi JSST vakili Kristian Lindmayer Jenevada bo`lib o`tgan brifingda.
Qayd etilishicha, koronavirusni keltirib chiqaradigan patogen Ebola virusidan farqli ravishda havo-tomchi yo`li orqali tarqaladi.
Ebola virusi esa to`g`ridan-to`g`ri aloqada bo`lgan paytda uning qoni, organlari yoki boshqa suyuqliklari orqali yuqadi.