AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda

Yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

'Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda'ning rasmi

Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024 yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024 yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi. 

Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga,  to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashdi.

O‘rtacha ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024 yilning yanvar oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan bo‘lsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga ko‘tarilgan.

O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 

taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari: 

- Sergeli tumani (1 xonali - 297 AQSH dollari, 2 xonali – 355 AQSH dollari, 3 xonali – 415 AQSH dollari, 4 xonali - 419 AQSH dollari); 

- Olmazor tumani (1 xonali – 293 AQSH dollari, 2 xonali – 352 AQSH dollari, 3 xonali – 419 AQSH dollari, 4 xonali – 493 AQSH dollari). 

Nisbatan qimmat ijara narxlari: 

- Mirobod tumani (1 xonali – 344 AQSH dollari, 2 xonali – 512 AQSH dollari, 3 xonali – 643 AQSH dollari, 4 xonali – 705 AQSH dollari); 

- Yakkasaroy tumani (1 xonali – 383 AQSH dollari, 2 xonali – 487 AQSH dollari, 3 xonali – 677 AQSH dollari, 4 xonali – 722 AQSH dollari).

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan bo‘lsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan. 

To‘liq ta’mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari: 

- Sergeli tumani (1 xonali – 321 AQSH dollari, 2 xonali – 417 AQSH dollari, 3 xonali – 513 AQSH dollari, 4 xonali – 641 AQSH dollari); 

- Uchtepa tumani (1 xonali – 386 AQSH dollari, 2 xonali – 450 AQSH dollari, 3 xonali – 534 AQSH dollari, 4 xonali – 624 AQSH dollari). 

Nisbatan qimmat ijara narxlari: 

- Mirobod tumani (1 xonali – 485 AQSH dollari, 2 xonali – 731 AQSH dollari, 3 xonali – 1027 AQSH dollari, 4 xonali – 1328 AQSH dollari); 

- Shayxontohur tumani (1 xonali – 521 AQSH dollari, 2 xonali – 732 AQSH dollari, 3 xonali – 1093 AQSH dollari, 4 xonali – 1381 AQSH dollari).

Ijara narxlari olx.uz (https://www.olx.uz/) platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda  2024 yilning dekabr oyi uchun 35,3 mingta va 2025 yilning yanvar oyi uchun 35,7 mingta ma’lumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:04

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:02

    'Dollarning rasmiy kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:09

    Dollarning rasmiy kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentdan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:33

    Toshkentdan Yangiyo‘l, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga zamonaviy elektropoyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi

    Shavkat Mirziyoyev bu boradagi ishlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

    'Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:07

    Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi kuchli ta’sir qiluvchi dori bilan ushlandi

    Qirg‘izistondan olib kelingan dorilarni prokuror yordamchisiga sotgan shaxs ham qo‘lga olingan.