Ekvadorning tog`li o`rmonlarida tashqi ko`rinishini bir daqiqada bir necha daqiqada o`zgartira olidagan antiqa baqa turi aniqlandi.
Ushbu baqaga Pristimantis mutabilis deb nom berildi. Baqa o`z terisini silliq va g`adir-budir ko`rinishga keltira olishi ham mumkin ekan. Kattaligi 2,5 santimetr keladigan ushbu baqa Xuan Manuel Guyasamin boshchiligidagi biolog olimlarni ham hayratga solib qo`ydi. Ular avvallari bunday turdagi baqani uchratmaganliklarini aytishdi. Biolog olimlar baqaning 330 soniya ichida tanasini turli shakllarga keltira olishiga guvoh bo`lishgan. Aytish lozimki, Ekvador dunyoda hayvonlarning biologik turlarining ko`pchiligi jihatdan 3-o`rinni egallaydi. Birinchi o`rinda Janubiy Amerika, Braziliya turadi. Ushbu baqaning kashf etilishi ham bunga yaqqol misoldir.