AsosiyJamiyat

"O`zbekneftgaz" va "ERIELL Group" beshta yangi quduqni foydalanishga topshirdi

'"O`zbekneftgaz" va "ERIELL Group" beshta yangi quduqni foydalanishga topshirdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida “O`zbekneftgaz” AJ va “ERIELL Group” kompaniyasi hamkorlikda yangi ob`ektlarni foydalanishga topshirdi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasidagi “Shimoliy Berdaq” konida 77-sonli quduq, shuningdek diametri 108x6 mm va uzunligi 1150 m ga teng bo`lgan shleyf gaz quvuri foydalanishga topshirildi. Ushbu quduq 66-sonli quduqning mavjud shleyfiga ulangan.

Ayni paytda  Ustyurtda “Arslon” konining 18-sonli qudug`i, shuningdek diametri 108x6 mm va uzunligi 1250m ga teng bo`lgan shleyf gazquvuri foydalanishga topshirildi. Quduq “Arslon” konidagi mavjud gaz to`plash shoxobchasiga ulangan.

Qashqadaryo viloyatida “Somontepa” konidagi 127-sonli quduq ishga tushirildi. Shuningdek diametri  114x9mm va uzunligi 3500m ga teng shleyf gazquvuri barpo etildi. Quduq “Somontepa” konidagi mavjud gaz to`plash shoxobchasiga ulangan.

Bundan tashqari, “Sho`rtan” konida 327-sonli quduq foydalanishga topshirildi, shuningdek diametri 114x9mm va uzunligi 1422m ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “Sho`rtan” konining mavjud gaz to`plash shoxobchasiga ulangan.

Buxoro viloyatida “To`maris” konining 12-sonli qudug`i ishga tushirildi, shuningdek diametri 114x6mm va uzunligi 620m ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “To`maris” konidagi mavjud gaz to`plash shoxobchasiga ulangan.

Ko`rsatib o`tilgan quduqlarning ishga tushirilishi O`zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimiga tabiiy gaz uzatilishini ko`paytirish imkonini beradi.

Uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko`paytirish bo`yicha ishlar “2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni ko`paytirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar