AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga kirib kelayotgan mashinada 2 800 dona o‘q borligi aniqlandi

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

'O‘zbekistonga kirib kelayotgan mashinada 2 800 dona o‘q borligi aniqlandi'ning rasmi

O‘zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan  o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bojxona ko‘rigi natijasida, avtotransport vositasining yuk xonasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 16 dona qadoqda 2 800 dona 5,5 mm. kalibrli pnevmatik qurol o‘qlari borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz! O‘zbekiston Respublikasining qurol to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq  fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirishda, tegishli organlar ruxsatnomalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar