AsosiyJamiyat

O`qituvchilarga haq to`lanadigan ta`til berilishi kerak

'O`qituvchilarga haq to`lanadigan ta`til berilishi kerak'ning rasmi

OAVda Toshkent maktablaridagi o`qituvchilardan oilaviy sharoitiga ko`ra o`z hisobidan ikki hafta ta`til olish uchun ariza yozishi talab etilgani to`g`risida maqola e`lon qilindi.  Maqolada aytilishicha, bunday arizalarni olish to`g`risida 16 mart kuni buyruq olingan. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bergan. 

2020 yilning 15 mart kuni Xalq ta`limi vazirligi soha xodimlarining amaldagi qonunchilikka muvofiq navbatdan tashqari ta`tilga chiqishi to`g`risida rasmiy bayonot berdi.  Bayonotda xodimlar O`zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat ta`tilining bir qismini olishi mumkinligi ta`kidlandi.

Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarida  haq to`lanadigan ta`til berishga oid talablar belgilangan (O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasi).  Agar ushbu talablar bajarilmasa, xodimlarga qonunchilikka muvofiq ish haqi to`lanmaydigan ta`tilga chiqish taklif qilindi.

Shuningdek, 2020 yil 17 martda bo`lib o`tgan brifingda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov hukumat komissiyasining qaroriga binoan 18 martdan boshlab, barcha o`qituvchilarga mehnat ta`tili berilishini e`lon qildi.

2020 yil 17 martda Xalq ta`limi vazirining tegishli buyrug`i qabul qilindi.  Buyruqda qayd etilishicha, istisno tariqasida xodimlarga yillik ta`tilning qisqarishi munosabati bilan navbatdan tashqari ta`til beriladi.

Ish haqi saqlanmagan holda ta`til berilishi haqida yozgan xodimlar

hujjatlarni qayta rasmiylashtirish uchun maktab ma`muriyatiga murojaat qilishlari mumkin.

Shu bilan birga, xalq ta`limi hududiy bo`linmalarining rahbarlariga haq to`lanadigan ta`tilni ro`yxatdan o`tkazish talablariga rioya etishni ta`minlash vazifasi topshirildi.

    Boshqa yangiliklar