AsosiyJamiyat

Toshkentdan Ras al-Xaymaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Parvozlar haftada 1 marotaba Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

'Toshkentdan Ras al-Xaymaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda'ning rasmi

"Air Arabia" 27 dekabrdan qish mavsumi uchun Ras al-Xayma amirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airorts matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, parvozlar haftada bir marotaba juma kunlari qulay Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

"Air Arabia" - shtab-kvartirasi Sharjada (BAA) joylashgan arab loukoster aviakompaniyasi bo‘lib, Sharja va Iskandariya aeroportlaridan, shuningdek Marokashning to‘rtta aeroportidan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa va MDH mamlakatlariga yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar